Bahrom Haydarov: "Albatta, o‘yinchimizni qizil olishi yaxshi emas, lekin..."

  • 29 sentabr, 07:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 23-turida “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qildi va unda 2:2 hisobi qayd etildi. Bellashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- “Bunyodkor”ni hammamiz bilamiz, O‘zbekistondagi kuchli jamoalardan biri. Qancha ko‘p gapirsak ham baribir futbolchilarda ozgina hayajon bo‘ldi. Keyin o‘ziga kelishdi. Durang adolatli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Chiroyli, hujumkor o‘yin bo‘ldi. Biz ham, “Bunyodkor” ham yutishni xohladi. Hech kim durangni ushlab qolishga o‘ynamadi. Muxlislarga ham yoqdi, deb o‘ylayman. 2:1 dan keyin yana o‘sha hayajonmi, yigitlarda etishmayotgan narsa, ularni o‘zlariga ham aytdim, “Bunyodkor”ga qarshi jamoalar 3:1 yoki 4:1 qilishi mumkin. O‘yin chiqayotganida yana oldinga qarab o‘ynayverish kerak. 2:1 dan so‘ng o‘zimiz himoyaga yotib olib, ularga gol kiritishga imkoniyat berib qo‘ydik. Bu narsani asta-sekin bartaraf qilamiz. Jamoani o‘ziga ishonchi ortib boryapti. Uch ochko olsak yaxshi bo‘lardi. Turnir jadvalidagi holatimizdan kelib har bir uchrashuvda uch ochko olishimiz shart bo‘lyapti. Hakarat qilyapmiz, lekin ikkita uchrashuvdan beri bunga erisha olmadik. O‘yin bo‘yicha durang adolatli bo‘ldi.   

- Birinchi bo‘limda maydon markazi raqibga berib qo‘yildi. Yarim himoyachilar unchalik ko‘zga ko‘rinishmadi...

- Biz ham shuni sezdik. Raqibni oldingi uchrashuvlarini ko‘rib ko‘rsatma bergandik. Ular markazda uchta yarim himoyachi bir-biriga yaqin o‘ynashadi. Bizda ozgina boshqacharoq. To‘p ularga kelib tushganida yigitlarimiz yaqinroq o‘ynashlari kerak edi, bu haqida ularga aytgandik. Biroz kenglik bo‘lib ketdi. Shuni hisobiga birinchi bo‘limda o‘rtani berib qo‘ydik. Keyin futbolchilarni o‘zgartirdik. Iqbol Malikjonov tushganidan so‘ng maydon markazida tenglik bo‘ldi, shekilli. Ikkinchi bo‘limda ham Malikjonov maydonga tushmaguniga qadar o‘sha narsa ko‘zga tashlanib turgandi.  

- Toshtemirov qizil kartochka oldi. Bu haqida nima deysiz?

- Bu qizil kartochka emas, ikkinchi sariq kartochka bo‘ldi. Maydon markazida taktik folga qo‘l urdi. O‘yinchi o‘tib ketsa yana gol urishi mumkin edi. Albatta, o‘yinchimizni qizil olishi yaxshi emas. Lekin har narsani yaxshi tarafi ham bo‘ladi. O‘ylaymanki, unga e’tiroz yo‘q. U shunga majbur bo‘ldi, ataylab qilganda boshqacha edi.

- Temurxo‘ja Abduholiqov O‘zbekistondagi mahoratli hujumchilardan biri. Uni yaxshiroq ushlashni aytganmidingiz?

- Temurxo‘jani asosiy tarkibda chiqadi, deb o‘ylagandik. O‘zi hujumda o‘ynayotgandi. Bu haqida ko‘p gaplashganmiz. To‘pni o‘zida yaxshi saqlab turishini, yarimta imkoniyatdan ham gol ura oladigan hujumchiligini o‘yinchlarimizga aytganmiz. 88-daqiqada charchoqda biroz muvozanat yo‘qoldi. Himoyachilarimiz pozitsiyani yutqazib qo‘ydi. Bu hujumchi uchun ushbu holat etarli bo‘ldi. U haqida aytgandik, tajribasi shunchalik kuchli ekan, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!