Balotelli buning uchun Turkiyadan Italiyaga piyoda qaytishga ham tayyor

  • 18 noyabr, 2021, 15:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning “Adana Demirspor” klubi safida to‘p surayotgan hujumchi Mario Balotelli Italiya terma jamoasiga qaytish istagi borligini ma’lum qildi.

Tecno

“Men juda yaxshi holatdaman. Oradan ikki yil o‘tdi va endi aytishim mumkinki, men “skuadra adzurra”ga qaytishga tayyorman. Bu haqda orzu qilaman. Agar terma jamoaning pley-off uchun qaydnomasiga kiritilsam, Turkiyadan piyoda ketishga ham tayyorman”, - dedi italiyalik futbolchi.

Joriy mavsumda Balotelli Turkiya chempionatining 12 ta uchrashuvida qatnashib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi "JCh-2022"ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘ldan boy berdi. Roberto Manchini jamoasi endi bahorda pley-off o‘yinlarida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!