Barchasi hal! Suares "Yuventus"ga o‘tadi

  • 7 sentabr, 2020, 21:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi hujumchisi Luis Suares tez orada Italiyaga ko‘chib o‘tadi. Tomonlar bu bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, kataloniyaliklar urugvaylik futbolchini tekinga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan. 33 yoshli forvard endi "Yuventus" safiga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkin. O‘z navbatida, turinliklar  futbolchiga yiliga 10 mln evro maosh bilan 3 yillik shartnoma taklif etgan.

Suares bu mavsum "ko‘k-anorranglilar" tarkibida 36 o‘yinda maydonga tushib, 21 gol va 9 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!