
Barchasi yolg‘on! "Real"da Varanni ortga qaytarish rejasi mavjud emas
"Real" klubi himoyachi Rafael Varanni ortga qaytarmoqchi emas. Bu haqda Ispaniyaning taniqli "Marca" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, "qirollik klubi" yosh va umidli futbolchilarga imkon berishni maqsad qilgan. Varanning yuqori maoshi va beqaror o‘yin o‘tkazayotgani madridliklarga ma’qul kelmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Rafael joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida APLning 9 o‘yinida 1 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning ayni vaqtdagi narxi ("Transfermarkt" ma’lumotlari bo‘yicha) 25 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar