Barella: "Gattuzo bizga ishonch berdi, endi biz uni maydondagi o‘yinimiz bilan qo‘llab-quvvatlashimiz kerak"

  • 5 sentabr, 01:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi va "Inter" yulduzi Nikolo Barella milliy jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Unga ko‘ra, yangi murabbiy terma jamoaga kuch va ishonch bag‘ishlamoqda.

Tecno

"Asosiysi – o‘zimizni qayta topish. Bu hozir hammasidan muhim. Biz ishonchni qaytarishimiz va maydonga chiqqanda yurtimizni eng yaxshi tarzda namoyon etishimiz zarur.

Ko‘p narsa ish bermadi: qiyinchiliklar Manchini davrining oxirida ham, Spalletti bilan ham bo‘lgan. Shuning uchun bugungi birinchi vazifa – o‘zimizni qayta topish.

Murabbiy Gattuzo bizga ishonch berdi, xotirjamlik bag‘ishladi va ishni yo‘lga qo‘yishga yordam berdi. Endi biz uni o‘z o‘yinimiz bilan qo‘llab-quvvatlashimiz kerak.

Tonali bilan yoki boshqa yarim himoyachi bilan birga o‘ynash men uchun zavq. Asosiysi – uyg‘unlik topish. Bu har doim Italiya terma jamoasi bo‘lib kelgan.

Trener katta tajribaga ega, u sovrinlar yutgan va bizga birdamlikka intilish hissini qaytaradi. Bizga ochlik, g‘urur va futboldan zavq olishni qayta topish zarur", – dedi Barella "Sky Sport Italia"ga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!