Baribir ketaman, “Liverpul”da qadrimga etishmadi!
Angliyaning yangi chempioni “Liverpul” kelasi mavsum oldidan tarkibini tartibga solishi talab etilmoqda. Xususan, “qizillar” kolumbiyalik hujumkor futbolchi Luis Dias masalasini hal qilishi kerak.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Dias klubda o‘ziga ajratilgan roldan norozi bo‘lyapti. U o‘zini ko‘proq qadrlashlarini talab qilyapti. Aslida bu o‘yinchi bolaligidan beri o‘ynashni orzu qilayotgan “Barselona”ga o‘tishni mo‘ljallab turibdi.
Kataloniyaliklar ham Luisni olishga tayyor.
“Liverpul” tez orada “Bayer”dan Florian Virts transferini yakunlash arafasida turibdi. Ekspertlarning fikricha, agar nemis futbolchisi Angliyaga kelsa, chempion jamoa katta xarajatlarning bir qismini qoplash uchun Luis Diasni sotib yuboradi.
Liverpulliklar uchun muvaffaqiyatli yakunlangan mavsumda Luis Dias Angliya Premer-ligasi doirasida 36 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobaga 13 ta gol va beshta assist yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar