“Barsa”: Al’vares kelmasa, Manchesterdan undan zo‘rini olib kelamiz!
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” jamoa hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida “Manchester Yunayted” forvardi Benyamin Sheshkoni transferlar ro'yxatiga kiritdi.
Bu variant klubning asosiy transfer maqsadi — “Atletiko” hujumchisi Julian Alvaresni sotib olish rejasi amalga oshmagan taqdirda ko'rib chiqiladi.
Bu haqida Caught Offside xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, manchesterliklar sloveniya futbolchini “sotilmaydigan o'yinchi”, deb hisoblaydi va vositachilar uning transferi bo'yicha ma'lumot to'plaganiga qaramay, uni sotish niyatida emas.
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Maykl Kerrik 23 yoshli hujumchini klubning uzoq muddatli loyihasidagi eng muhim futbolchilardan biri sifatida ko'rmoqda.
O'tgan mavsumda Sheshko barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 75 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar