
"Barsa" "Atletiko"dan taklif kutmoqda
Madridning “Atletiko” klubi shartnomasi tugashiga atigi 6 oy qolgan hujumchi Memfis Depayning transferi bo‘yicha haligacha “Barselona”ga taklif yuborgani yo‘q.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" "Atletiko"ning Depayga qiziqishidan xabardor, ammo Madrid klubi hali o‘z taklifining moliyaviy tomoni bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q.
Avvalroq Depayga Angliya premer-ligasining bir qator klublaridan qizqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ular orasida niderlandiyalik futbolchining sobiq jamoasi “Manchester Yunayted” ham bor. Biroq, “qizil iblislar” endi mavsum yakuniga qadar “Old Trafford”ga ijara asosida qo‘shilishi kerak bo‘lgan boshqa niderlandiyalik Vaut Vegxorstga ko‘proq moyillik bildirmoqda.
Fikrlar