
“Barsa” bir juft transferga tayyor
Ronald Kuman qishki transferlar vaqtida universal hujumchi va markaziy himoyachiga ega bo‘lishi mumkin.
Kataloniya klubi yanvarda Kuman kutayotgan Memfis Depayni olishga harakat qiladi. Niderlandiyalik hujumchi “Barselona”ga o‘tish uchun “Lion” bilan yangi kelishuvni imzolamadi. Kuman esa Depaydan boshqa variantlarga ko‘nmayapti.
Markaziy himoyachi masalasida vaziyat biroz chigal. Niderlandiyalik mutaxassis bu o‘ringa “Manchester Siti”dan Erik Garsiyani olmoqchi. Klub rahbariyati ispan futbolchisini yozda erkin agentga aylanishini kutishga qaror qilgan. Shu bois qishda boshqa himoyachi mavsum oxirigacha ijaraga olinadi.
Bu variant Kumanga ham ma’qul kelmoqda.
Fikrlar