
“Barsa” bizni aldadi. Ularni sudga beramiz!
Argentinaning “Boka Xuniors” jamoasi prezidenti Xorxe Amor Ameal “Barselona” 18 yoshli urugvaylik himoyachi Santyago Ramos Mingoning transferini amalga oshirganda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygani uchun Kataloniya klubini sudga berayotganini ma’lum qildi.
- Biz “Barsa”ni Ramos Mingoning ishi bo‘yicha sudga tortamiz. Bo‘lgan voqealar juda yomon taassurot qoldirdi. G‘alati ishlar bo‘lgani aniq. Buyog‘ini sud orqali hal qilamiz. Biz kimdir tomonidan qoida buzilishiga qarab turolmaymiz, - dedi “Boka Xuniors” rahbari.
Mingo “Barselona”ga 2020 yilning fevral oyida olib kelingan edi. Klub iste’dodli himoyachi bilan ikki yillik shartnoma tuzgan.
Fikrlar