“Barsa” Bundesligadan zo‘r hujumchini chaqiryapti
“Barselona” skautlari Germaniya chempionatida “Xoffenxaym” jamoasi sharafini himoya qilayotgan markaziy hujumchi Fisnik Aslanini jiddiy kuzatib kelyapti.
Kataloniyaliklarning aniqlashicha, Aslanining shartnomasida o‘yinchini 2026 yilning yozida transfer qilish imkonini beradigan band kuchga kiradi.
Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, 23 yoshli forvardning o‘zi faoliyatini Evropa Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etadigan qudratli klublardan birida davom ettirishni istayapti. Qolaversa, kosovalik futbolchi intervyularida “Barselona” muxlisi ekani va bu jamoada o‘ynash orzusi borligini aytib keladi.
Aslani joriy mavsum “Xoffenxaym” tarkibida Bundesliga va Germaniya kubogida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga oltita gol va uchta assist rasmiylash tirib qo‘ydi.



Fikrlar