“Barsa” eng sodiq futbolchisini qadrlamadi. U ketishga majbur

  • 16 iyun, 2022, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Dani Alvesga yangi bitim taklif qilmadi. 39 yoshli futbolchi o‘tgan yili jamoaga yordam berish uchun Braziliyadan qaytib kelgan edi.

Faoliyati davomida eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Kataloniya klubini tark etayotganini ma’lum qildi. Tajribali himoyachi bunga sabab qilib, klub rahbariyati u bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortganini ma’lum qildi.

Dani Alvesning o‘zi klub unga kelasi mavsum oxirigacha imkon berishini kutganini yashirmadi.

Bu o‘yinchi 2008-2016 yillar davomida “Barselona” sharafini himoya qilgan. Keyin “Yuventus”, PSJ va o‘z yurtiga qaytib, “San Paulu”da o‘ynadi va 2021 yilning noyabrida Kataloniyaga kelib, “Barsa” bilan qisqa muddatli shartnoma tuzgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!