
“Barsa” fanatlari superyulduz transferi uchun klubga pul yig‘ib beradigan bo‘ldi
“Barselona” rahbariyati anchadan beri “Atletik” hujumkor futbolchisi Niko Uilyamsni olishga harakat qilmoqda.
22 yoshli futbolchi Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionatida juda yaxxshi o‘ynaganidan keyin uning xaridorlari ko‘payib ketdi.
Kataloniya klubi muxlislari rasmiy akkaunt orqali ommaviy tarzda Uilyams transferiga yordam berish uchun pul o‘tkaza boshladi.
Iste’dodli futbolchining Bilbao klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. O‘yinchining o‘zi ham tezroq “Barselona”ga o‘tish ilinjida. “Atletik” futbolchini 70 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
“Barselona” bir necha yildan beri moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va birdaniga katta transferlarni amalga oshirishga har doim ham imkoniyati bo‘lavermaydi. Shu bois, ashaddiy muxlislar pul yig‘ish orqali klubga yordam bermoqchi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, klub mutasaddilari Niko Uilyamsning agentlari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Fikrlar