“Barsa” futbolchilari Koutinoga qarshi chiqmoqda

  • 10.11.2021 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xavi qabul qilib olgan “Baarselona”da ichki muammo borligi aniqlandi. Kataloniya klubi o‘yinchilari braziliyalik pleymeyker Filippe Koutino bilan chiqisha olmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, aksariyat futbolchilarga Koutinoning klubga bo‘lgan munosabati ma’qul kelmayapti.

Yaqinda braziliyalik yulduz “Selta”ga qarshi bahsda zaxiradan o‘yinga tushishdan bosh tortgandi. Shundan so‘ng, jamoa etakchilaridan biri Filippe bilan yakkama-yakka gaplashib olgani va uni tartibga chaqirgani aytilmoqda.

Kotino joriy mavsumda 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga bir marta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!