"Barsa" futbolchilari safga qaytdi
"Barselona"ning ikki futbolchisi Memfis Depay va Kleman Langle jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi. Ular bugungi "Napoli"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.
Kecha ikki futbolchi mashg‘ulotlarda ishtirok etgan. Ularda ortiqcha muammo sezilmagan.
Shu tariqa, Xavi bu futbolchilarni asosiy tarkibga kiritishi mumkin. Ayni payt Depay ikkinchi bo‘limdan o‘yinga qo‘shilishi kutilmoqda. Langle esa katta ehtimol bilan bu o‘yinda zahirada qoladi.
Ma’lumot o‘rnida, Evropa Ligasi doirasidagi "Napoli" - "Barselona" uchrashuvi 24-dan 25 fevralga o‘tar kechasi 01:00da start oladi.



Fikrlar