"Barsa" futbolchisi yangi jamoaga o'tadi

  • 01.09.2026 19:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning mashhur «Barselona» klubi yarim himoyachisi Toni Fernandez Italiya chempionatiga yo‘l olmoqda.

Insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, vinger «Venetsiya» klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shu jarayon muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng tomonlar rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fernandezning transferi italyaliklar uchun to‘rt million yevro atrofida tushadi. Shartnomada «Barselona» uchun muhim band ham bor: futbolchi keyinchalik boshqa jamoaga sotilsa, kataloniyaliklar kelgusi transferdan 50 foiz ulush oladi.

Toni Fernandez «Barselona»ning asosiy tarkibida jami ikki o‘yinda maydonga tushgan, ammo bu bahslarda gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!