
“Barsa”: Grizmann o‘rniga Felish!
“Barselona” va “Atletiko” yozgi transferlar vaqtida o‘zaro futbolchi almashishini rejalashtirmoqda.
Kataloniyaliklar Madridga frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmanni jo‘natib, o‘rniga “Atletiko”ning portugaliyalik futbolchisi Joau Felishni olib kelishni mo‘ljallamoqda. Rejaga ko‘ra, rokirovka qo‘shimcha to‘lovlarsiz amalga oshirilishi kerak.
Diego Simeone ham bir necha yillar davomida jamoaning asosiy to‘purari bo‘lgan Grizmanni yana qaytarib olishdan mamnun bo‘ladi.
Grizmann 2014-2019 yillarda “Atletiko” sharafini himoya qilib, 120 million evro evaziga “Barselona”ga ko‘chib o‘tgandi.
Madridliklar Grizmann ketgan yili 127 million evroga “Benfika”dan Felishni olib kelgan.
Fikrlar