“Barsa” himoyachisi Mbappeni qanday to‘xtatishini aytdi

  • 26 oktabr, 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining o‘ninchi turida musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Real” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida amaldagi chempion “Barselona”ni qabul qiladi.

Tecno

“El-klasiko”da har ikki jamoa g‘alaba uchun o‘ynaydi. Kataloniyaliklarning iste’dodli himoyachisi Pau Kubarsi “Real”ning eng xavfli hujumchisi Kilian Mbappega qarshi o‘ynashga tayyorligini bildirdi.

- Mbappening qanday zo‘r o‘yinchi ekanini hamma biladi. Bo‘lajak bahsda biz Kilianni sinchkovlik bilan kuzatib borishimiz kerak. “Real”ning qolgan futbolchilarini ham nazardan qochirib bo‘lmaydi, - dedi Pau Kubarsi.

Avvalroq, 18 yoshli himoyachi hozirgacha o‘zi to‘qnash kelgan hujumchilar orasida aynan Kilian Mbappega qarshi o‘ynash juda qiyin ekanini tan olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!