“Barsa” hujumchisi APL klubiga o‘tishni istamayapti

  • 19 iyul, 2022, 12:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Memfis Depayning kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda. Oldinroq, uni APLga qaytish mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq, “Sport.es” nashrining xabar qilishicha, Memfis Tumanli Albion klubiga o‘tishni istamayapti.

28 yoshli gollandiyalik futbolchini "Tottenxem" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi aytilgan edi. Agar, “Barselona” 20 million evrolik taklif tushsa, hujumchi bilan xayrlashishga tayyor.

Depay 2015 yilning iyulidan 2017 yilning yanvarigacha "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan.

O‘tgan mavsumda futbolchi "Barselona"ning barcha musobaqalar doirasidagi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!