“Barsa” hujumchisi katta bonus sabab klub bilan shartnomasini bekor qilmoqchi

  • 5 avgust, 2022, 14:26
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" "Barselona" hujumchisi Memfis Depayni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va gollandiyalik futbolchi orqali hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Tecno

"Yuventus" forvardni sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Memfis esa avval "Barsa" bilan shartnomani bekor qilishni va shundan keyin "Yuventus"ga o‘tishni maqsad qilgan. Boisi, shunday yo‘l tutsa, gollandiyalik Turin klubidan katta miqdordagi pul mukofoti oladi.

Depay 2021/22 yilgi mavsum "Barselona"ning barcha musobaqalar doirasidagi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!