
“Barsa” ikki futbolchisi o‘rnini bosadigan bitta o‘yinchi topdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes yozda tarkibni o‘zgartirish ishlarini davom ettiradi va hozirdan o‘ziga ma’qul o‘yinchilarni tanlamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Jyul Kunde va Andreas Kristensen yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblangan bu ikki himoyachi o‘rniga PSJdan Presnel Kimpembeni olib kelishni rejalashtiryapti.
28 yoshli futbolchining parijliklar bilan shartnomasi yozda tugaydi. Klub unga yangi bitim taklif qilishni istayapti.
Kimpembe joriy mavsum hali maydonga tushgani yo‘q. “Barselona” tajribali himoyachini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritishga qiziqyapti.
Bundan tashqari, Premnel himoya markazi va chap qanotda birdek samarali o‘ynay oladi.
Fikrlar