“Barsa” ikki sabab tufayli katta transferdan voz kechdi
“Barselona” rahbariyati mavsum yakunlanishi bilan “Manchester Siti” futbolchisi Ilkay Gyundog‘anni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgandi.
Evropa matbuoti kataloniyaliklar shaxsiy shartnoma bo‘yicha germaniyalik yarim himoyachi bilan kelishib olgani haqida xabarlar tarqatdi.
Biroq, “Barselona” mutasaddilari bu transferdan voz kechdi. Bunga ikki omil sabab bo‘ldi. Kataloniyaliklarga o‘yinchining yoshi o‘tib qolayotgan va katta maosh olishi yoqmayapti.
“Manchester Siti”da 2016 yildan beri to‘p tepayotgan 32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” tajribali o‘yinchiga bir yillik shartnoma va 12 million evro maosh taklif qilgan. Klubo‘yinchini ko‘ndirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilashga tayyorligini aytilmoqda.
Fikrlar