“Barsa” ikki supertransferni hal qildi

  • 26 mart, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘zi orzu qilayotgan ikki nafar futbolchini kutib oladigan bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar “Liverpul” yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum va “Lion” hujumchisi Memfis Depay bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Har ikki futbolchi yozda erkin agentga aylanishi munosabati bilan ular “Barselona”ga tekinga tushadi.

Ronald Kumanning Niderlandiya terma jamoasidagi bu ikki shogirdi kataloniyaliklar bilan uch yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Buning uchun bu transferlar klubning direktorlar kengashida tasdiqlanishi kerak.

Bosh murabbiy Ronald Kuman yoshartirilayotgan “Barselona”ga yosh futbolchilarga o‘rnak bo‘lish va yordam berish uchun tajribali o‘yinchilar ham kerakligini  ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!