“Barsa” ikki yulduz bo‘yicha yakuniy xulosaga keldi

  • 10 dekabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta Xavi Ernandes qo‘l ostida ijarada o‘ynayotgan himoyachi Joau Kanselu va hujumchi Joau Feliks bo‘yicha yakuniy qarorga kelganini ma’lum qildi.

Tecno

Mavsum oxirida har ikki futbolchining ijara shartnomasi tugaydi va kataloniyaliklar bu o‘yinchilar masalasini hal qilishi talab etiladi.

- Kaselu va Feliks jamoamizga qo‘shilganidan keyin yuqori saviyada o‘ynay boshladi. Klub ularni o‘z safida saqlab qoladi. Tez orada bu futbolchilar tegishli bo‘lgan jamoalar bilan muzokara boshlaymiz.

“Manchester Siti” va “Atletiko” bilan aloqalarimiz juda yaxshi, - dedi Joan Laporta.

Manbalarning ta’kidlashicha, kataloniyaliklar Kanselu uchun “Manchester Siti”ga 15 million evro berishga tayyor. Feliksning transferi “Barselona”ga 30-40 million evroga tushishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Yunusov Bahrom
10/12/2023 10:09
Bunaqa narxga bermasa kerak