
“Barsa” imkonsiz ishga qo‘l urmoqchi
“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoani boshqarishni eplay olmayotgan Ronald Kuman o‘rniga boshqa mutaxassisni taklif etish borasida bosh qortirmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bugun kechasi “Atletiko” bilan bo‘ladigan o‘yin Ronald Kuman uchun “Barselona” bosh murabbiysi sifatida so‘nggi uchrashuv bo‘lishi mumkin ekan.
Manbalarning xabariga ko‘ra, Laporta jamoa boshqaruviga “Chelsi”ga ustozlik qilayotgan Tomas Tuxelni olib kelishni orzu qilyapti. Klub xo‘jayini germaniyalik mutaxassisning muxlisi hisoblanadi va uni olish uchun har qanday xarajatga tayyor.
Laport Tuxel boshqaruvidagi jamoalar Evropa grandlariga qarshi muvaffaqiyatli o‘ynay olishidan hayratga tushmoqda. Shunga qaramay, Tuxelni Kataloniyaga olib kelish deyarli imkonsiz. Chunki bu mutaxassis Chempionlar ligasidagi g‘alabadan so‘ng “aristokratlar” bilan 2024 yilning yozigacha shartnoma tuzgan.
Fikrlar