“Barsa” ispan futbolini uyaltirib qo‘ydi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” Yevropa Chempionlar ligasidagi ishtiroki bo‘yicha ispan klublari orasida antirekord qayd etdi.
Kataloniyaliklar qit’aning eng nufuzli musobaqasida ketma-ket 15 ta o‘yinda o‘z darvozasini «quruq» saqlay olmagan ilk ispan klubiga aylandi.
Bu haqida Opta statistika markazi xabar berdi.
“Barselona” 2025 yilning aprelidan beri Chempionlar ligasining har bir o‘yinida kamida bitta gol o‘tkazib yuboryapti. Ular so‘nggi bor “quruq” o‘yinni Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi 4:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda “Barselona” Chempionlar ligasining chorak finalida “Atletiko Madrid”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy natija 3:2 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘ldi.

Fikrlar