“Barsa” katta xatosini besh himoyachi bilan tuzatmoqchi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yozgi transferlar davrida markaziy himoyachi Inigo Martines xizmatlaridan voz kechgan edi.
34 yoshli futbolchi klubdan yangi shartnoma olmagach, erkin agent maqomida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga o‘tib ketdi.
Joriy mavsum boshidagi o‘yinlarda Inigoning o‘rni bilindi. Endi kataloniyaliklar himoyadagi vujudga kelgan zaif nuqtani yangi ijrochilar evaziga to‘ldirmoqchi. Xans-Diter Flik jamoasiga aniq pas bera oladigan chapaqay o‘yinchi etishmayapti.
Sport.es sayti Kataloniya klubi bu pozitsiyada besh nafar o‘yinchidan iborat ro‘yxat shakllantirganini ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, “Barselona” 2026 ylgi transfer bozorlarida Niko Shlotterbek (“Borussiya Dortmund”), Gonsalu Inasiu (“Sporting”), Mark Gexi (“Kristal Pelas”), Tilel Tati (“Nant”) va Deotshankyul Upamekano (“Bavariya”) kabi kuchli himoyachilardan birini olishga harakat qiladi.



Fikrlar