"Barsa" La Liganing oxirgi o‘rindagi jamoalaridan 3 o‘yinda 7 gol o‘tkazib yubordi!

  • 12 fevral, 2024, 11:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi kecha Ispaniya La Ligasi doirasida "Granada"ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur o‘yin jangovor 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakun topdi. 

Ahamiyatlisi, Xavi shogirdlari ichki chempionatda oxirgi ikki o‘rinlarni band etib turgan jamoalarga qarshi uch o‘yinda o‘z darvozasidan 7 ta to‘p olib chiqdi. "Granada" bilan birinchi davrada 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan bo‘lsa, "Almeriya" 3:2 hisobida taslim etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, "ko‘k-anorranglilar"ning keyingi uchrashuvi 17 fevral kuni "Selta"ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Mazkur jamoa ayni payt La Ligada 17-o‘rinni band etib turibdi...

selta

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!