“Barsa”: “Liverpul”da nima qilasan, bizga o‘t!

  • 14.05.2026 08:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan mavsum “Liverpul” tarkibida Angliya chempionati g‘olibiga aylangan fransiyalik markaziy himoyachisi Ibrohim Konate kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelishi talab etiladi.

26 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi. Klub anchadan beri hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda, biroq tomonlar hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

Himoyachi atrofidagi vaziyat boshqa grandlar diqqat markazida turibdi. Xususan, “Barselona” Konateni transfer nishonlari ro‘yxatiga kiritdi.

TEAMtalk ma’lumotlariga ko‘ra, kataloniyaliklar tajribali o‘yinchi yordamida jamoaning markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishni mo‘ljallayapti.

Avvalroq, Ibrohim Konatega da’vogarlar qatorida Madriddning “Real” klubi, “Bavariya” va “Pari Sen-Jermen” tilga olingan edi.

Joriy mavsumda futbolchi mersisaydliklar safida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda qatnashib, ikki gol urdi. Transfermarkt portali markaziy himoyachining taxminiy qiymatini 50 million yevro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!