"Barsa" "Liverpul"ning yana bir yulduzini ilib ketmoqchi

  • 10 may, 2022, 15:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" futbolchisi Sadio Mane "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushgan. Bu haqda Ispaniyaning ishonchli "El Mundo Deportivo" nashri xabar berdi. 

Tecno

Kataloniyadagi manbalar ham klub senegallik futbolchiga qiziqish bildirayotganini inkor etmadi. Futbolchining o‘zi ham "Barselona"ga o‘tishga qarshi emas. 

Mane "ko‘k-anorranglilar" safida yanada mashhurroq bo‘lishi mumkinligiga ishonch bildirmoqda. U La Liga grandi bilan hatto "Oltin To‘p" sovriniga ega chiqishni istamoqda.

Avvalroq "Liverpul" yulduziga "Bavariya" jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqandi.  

Ma’lumot uchun, Sadioning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozida yakuniga etadi.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!