
“Barsa” Messi uchun boshqa yulduzidan voz kechdi
“Barselona” rahbariyati Lionel Messi bilan shartnoma tuzish imkonini qidirmoqda. Buning uchun klub ko‘p maosh oladigan bir necha futbolchini sotmoqchi.
Xususan, Antuan Grizmann ham transferga qo‘yiladigan bo‘ldi. Frantsiyalik hujumchi kelasi mavsum asosiy tarkibga kira olmasligi mumkin. Chunki, Ronald Kuman yangi hujumchilar – Serxio Aguero va Memfis Depayga imkoniyat berishi aniq.
Antuan Grizmanni oladigan klub kataloniyaliklar hisob raqamiga 50 million evro o‘tkazib berishi kifoya. Unga “Manchester Siti” da’vogarlik qilyapti.
Fikrlar