
"Barsa" Nikoni olsa olsin, yo‘qsa boshqa da’vogarlar bor!
Ispaniya terma jamoasi va "Atletik Bilbao" vingeri Niko Uilyamsga ayni damda bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda.
Ayni damga kelib, unga asosiy da’vogar "Barselona" bo‘lib turibdi. Ammo Kataloniya jamoasi tezroq transferni hal qilmasa, Nikoni boshqa grand klublar ilib ketishi mumkin.
"Marca" nashri xabariga ko‘ra, "Atletik" vingeriga "Liverpul", "Chelsi", "Bavariya" va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda. Uilyamsning shartnomasidagi tovon puli 58 million evro.
Kecha "Barselona" prezidenti Joan Laporta Nikoni qo‘lga kiritish istagi borligini ma’lum qildi. "Kshk-anorranglilar" futbolchi uchun jiddiy kurashga kirishishi kerak bo‘ladi.
Nikoning o‘z ham "Barsa"ga o‘tishga qarshi emas. Sababi, u terma jamoadagi do‘stlari Yamal, Ferran va Pedri bilan klubda ham birga o‘ynash istagida.
Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli vinger La Ligada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 11 ta assist qayd etdi.
Fikrlar