
“Barsa” Odil Ahmedov bilan o‘ynagan yulduzni oladi
“Barselona” rahbariyati “Shanxay SIPG” jamoasidagi faoliyatini davom ettirayotgan Oskarni Evropaga qaytarmoqchi. Xabaringiz bor, Oskar Xitoy klubida Odil Ahmedov va Xalk bilan birga o‘ynagan. Xalk hamyurtini yolg‘iz qoldirib, Braziliyaga jo‘nab ketgan bo‘lsa, Odil futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar shanxayliklar bilan 30 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Oskar 2017 yildan beri mazkur jamoa sharafini himoya qilmoqda va o‘z vaqtida “ChElsi”dan 60 million evroga transfer qilingan yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 noyabrigacha tuzilgan.
Transfermarkt portali mashhur o‘yinchini 18 million evroga baholamoqda.
Fikrlar