
"Barsa" o‘z tarixidagi eng qimmat transferdan tezroq qutulmoqchi
"Barselona" yarim himoyachi Filippe Koutinodan iloji boricha tezroq qutulmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar 29 yoshli futbolchini sotish uchun xaridor qidirmoqda. Hozircha, nomzodlar qatorida "Liverpul" varianti haqiqatga yaqin, deya aytilyapti. Koutinoning o‘zi ham sobiq klubiga qaytishga qarshi emas.
Biroq mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp "qizillar" rahbariyatiga Filippe transferiga qarshiligini ma’lum qilgan. Germaniyalik mutaxassisga Koutinoning "Barsa"ga transferi chog‘idagi xatti-harakatlari ma’qul kelmagan.
Braziliyalik yarim himoyachiga "Arsenal" va "Tottenxem" jamoalaridan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqaldi. U "ko‘k-anorranglilar" safiga 2018 yilning yanvar oyida kelib qo‘shilgan edi. Bu vaqt oralig‘ida Filippe 93 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 23 gol hamda 14 assistni yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar