
“Barsa” o‘zidan kuchli raqibning besh futbolchisini olib qo‘ymoqchi
Amaldagi chempion “Barselona” joriy mavsumda “Jirona”ga eta olmayapti. Bu jamoa kutilmaganda “Real” bilan bosh sovrinni talashyapti.
Kataloniyaliklar o‘z tarkibini aynan “Jirona” futbolchilari bilan kuchaytirish payiga tushdi. Sport direktori Deku raqibning besh nafar o‘yinchisini “Barselona”ga og‘dirmoqchi.
Croni Caglobal nashriga ko‘ra, “Barselona” mutasaddilari “Jirona”da muvaffaqiyatli o‘ynayotgan Alesh Garsiya, Savio Moreyra, Yanxel Errera, Viktor Tsigankov va Artyom Dovbikni jamoaga qo‘shib olishni mo‘ljallagan.
Deku bu transferlar summasini arzonlashtirish uchun “Jirona”ga ijaraga berilgan Erik Garsiya va Pablo Torreni shu jamoada qoldirishni taklif qilyapti.
“Barsa” nazariga tushgan o‘yinchilarning aksariyati “Manchester Siti” nishonda ham turibdi.
Fikrlar