
“Barsa” PSJga Neymar bo‘yicha rasmiy taklif yubordi. Parijliklarning javobi qanday bo‘ldi?
“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida asosiy nishonlaridan biri bo‘lgan Neymar transferi bo‘yicha PSJga so‘rov yubordi.
Braziliyalik yulduz bir necha marotaba PSJ bilan yangi bitim imzolashga tayyor ekanini bildirgan bo‘lsa-da, amalda so‘zini ustidan chiqmadi.
Neymarning asosiy maqsadi kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi bilan birga o‘ynash. Argentinalik hujumchining Kataloniyada qolish ehtimoli oshib bormoqda. Shu bois, Neymar “Barsa”ga qaytish variantini kun tartibiga qaytardi.
PSJ rahbariyati esa, jamoaning etakchi hujumchilari – Neymar va Kilian Mbappeni tarkibda olib qolishga harakat qilmoqda. Biroq, har ikki futbolchi klub taklifini qabul qilgani yo‘q.
Fikrlar