“Barsa” qishda kimlarni oladi?
Ronald Kuman qishda jamoaga olishni istayotgan futbolchilar ro‘yxatini tuzganini ma’lum qildi.
- Men jamoaning nozik nuqtalarini aniqladi va bu joylarni egallaydigan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdim. Har bir murabbiy yanvar oyini jamoani kuchaytirish uchun qulay davr sifatida kutadi. Men ham bundan mustasno emasman. Lekin ko‘p narsa klub rahbarlarining qaroriga bog‘liq, - dedi Kuman.
“Barselona” bosh murabbiyi jamoaga qishda kimlar olib kelinishini oshkor qilishni istamadi. Ayni paytda kataloniyaliklar La Liga jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar