“Barsa” rahbariyati: Messi qaytarib ahmoq emasmiz!

  • 12 may, 2023, 09:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning moliyaviy masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Eduard Romeu klub tarbiyalanuvchisi Lionel Messining qaytarilishi klub ishlarini izdan chiqarib yuborishi mumkinligini ma’lum qildi.

Tecno

- La Liga rahbariyati “Barselonea”ning transferlar rejasini tasdiqlab bergan taqdirda ham Lionel Messini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun futbolchilarni sotishda davom etishimiz talab qilinadi. Biz bundan og‘ir vaziyatlarda ham ishlaganmiz, lekin Messining transferi deb ahmoqlik qila olmaymiz. Messi qaytarish rejada yo‘q. Klubdagi xotirjamlikni qo‘ldan boy berishni istamayman.

Hozir tarkibda bor futbolchilar va kelasi mavsum uchun olinadigan o‘yinlarning maoshini inobatga olib, mehnatga haq to‘lash fondi 480 million evrodan oshmasligi kerak.

Moliyaviy muammolarni yumshatish uchun ikki yil sabr bilan ishladik. Maoshlarni qisqartirish orqali mehnatga haq to‘lash fondini sezilarli darajada qisqartirdik, - dedi Eduard Romeu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!