“Barsa” rahbariyati “Nyukasl” so‘ragan yulduzning narxini e’lon qildi

  • 18 oktabr, 2021, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” pleymeykeri Filippe Koutino tez orada Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Aslida kataloniyaliklar anchadan beri qimmatbaho yulduzdan qutila olmayotgan edi. Saudiya Arabistoni sarmoyadorlari qo‘liga o‘tib, birdan boyib ketgan “Nyukasl” Koutinoga qiziqa boshlagan “Barselona”dan uni sotib yuborish imkoni paydo bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub prezidenti Joan Laporta Koutinoni qishda 42 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ta’kidlash joizki, o‘yini pasayib borayotgan yarim himoyachining narxi ham arzonlab bormoqda. Transfermarkt portali 29 yoshli futbolchini atigi 20 million evroga baholayapti. Koutinoning kataloniyaliklar bilan hamkorligi 2023 yilning yozigacha davom etishi belgilab qo‘yilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!