“Barsa” rahbariyati “Siti”ning “qiliqlari”ni qattiq tanqid qildi

  • 5 sentabr, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” rahbariyati “Manchester Siti” xo‘jayinlarining ishga munosabatidan keskin norozi ekanini bildirdi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, bunga yozgi transferlar vaqtida yuz bergan bir necha voqealar sabab bo‘lgan.

Xususan, manchesterliklar kataloniyaliklarning Bernardu Silva bo‘yicha transfer taklifini jiddiy qabul qilmagan. Oqibatda bu transfer amalga oshmadi va portugaliyalik hujumkor futbolchi o‘zi istaganidek “Barselona”ga ko‘chib o‘tolmadi.

Bernardu Silva oxir-qibat “Manchester Siti” bilan shartnomasini uzaytirishiga to‘g‘ri keldi.

Bundan tashqari, “Barselona” xo‘jayinlariga “Manchester Siti” ularning yosh futbolchilarini o‘ziga og‘dirib olishga harakat qilayotgani yoqmayapti.

Shu kabi sabablar tufayli o‘zaro munosabatlar biroz taranglashgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!