“Barsa” “Real”ga qarshi o‘yin oldidan uch yetakkisini yo‘qotishi mumkin
Ispaniya chempionatining eng muhim uchrashuvlaridan biri 10 may kuni “Barselona” va “Real” oʻrtasidagi navbatdagi “el-klasiko” boʻladi.
Kataloniyada boʻladigan uchrashuvda “Barselona” katta yoʻqotishga duch kelishi mumkin. Hans-Diter Flik jamoasining uch nafar yetakchi oʻyinchisi “El-klasiko” oldidan diskvalifikatsiya xavfi ostida turibdi.
Gap Rafinya Dias, Frenki de Yong va Mark Bernal haqida ketmoqda. Agar ular 2 may kuni boʻladigan “Osasuna”ga qarshi bahsda sariq kartochka olsa, chempionatning keyingi oʻyini, madridliklar bilan boʻladigan toʻqnashuvni oʻtkazib yuboradi.
Shunga qaramay, “Barselona” tobora chempionlikka yaqinlashib kelmoqda. La Ligada peshqadamlikni qoʻlga olgan kataloniyaliklar eng yaqin taʼqibchi “Real”dan 11 ochkoga oʻzib ketgan.

Fikrlar