"Barsa" Roberto borasida bir qarorga keldi.

  • 15 oktabr, 2023, 21:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Serxio Roberto borasida bir qarorga keldi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. 

Tecno

"Barsa" rahbariyati ispaniyalik himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Bu haqda "BTV Esports" nashri xabar berdi. Manbaning yozishicha, "Barselona" tarkibni yoshartimoqchi va bundan tashqari Robertoning maoshi ham bunga sababchi. 

Katta ehtimol bilan Roberto faoliyatini MLS yoki Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradi.

Sergi Roberto "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 31 yoshli universal futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy jamoasi safida 355 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urgan va sheriklariga 40 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!