“Barsa” superhujumchini kutyapti

  • 29.03.2021 15:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati “Inter” to‘purari Romelu Lukakuning transferini rejalashtirmoqda.

Romelu Lukakuga klubning bosh murabbiyi Ronald Kuman shaxsan qiziqib qolgan. Niderlandiyalik murabbiy bu futbolchi jamoaning hujumdagi imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishiga ishonmoqda.

Ma’lumki, “Barselona” rahbariyati yozda asosiy tarkibning sakkiz nafar futbolchisini sotib yuborishga qaror qilgandi. Bu transferlardan keladigan mablag‘ Lukakuni olish imkoniyatini beradi.

Belgiyalik hujumchi “Manchester Siti” nishonida ham turibdi. Biroq Romelu Angliyaga qaytmoqchi emasligini ta’kidlamoqda. Demak, kataloniyaliklarda uni qo‘lga kiritish imkoniyati saqlanib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!