"Barsa" Traore borasida "Real"dan xavfsiramoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" klubi "Vulverxemton" yarim himoyachisi Adama Traore uchun kurash olib borishidan "Barselona" xavfsiramoqda.

24 yoshli futbolchining harakatlari Kataloniya klubini qiziqtirib qo‘ygan, ammo "Barsa" Madrid klubi futbolchini xarid qilishda faollik ko‘rsatishidan xavotirda.

Ispaniyaning grand jamoalari hali ingliz klubiga rasmiy taklif bilan chiqishmagan.

Ma’lumot uchun, Traorening "Vulverxempton" bilan 2023 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan bitimi bor. 2018 yilning yozida "bo‘rilar" yarim himoyachi uchun 18 mln funt sarflagan.

Eslatib o‘tamiz, APLning joriy mavsumida Adama Traore 24 bahs o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!