
“Barsa”: U Pyanich o‘rnini egallaydi!
“Yuventus”dan transfer qilingan Miralem Pyanich “Barselona”da o‘zini ko‘rsata olmaganidan keyin klub rahbariyati uning o‘rniga boshqa futbolchini taklif qiladigan bo‘ldi.
Bosniyalik pleymeyker yozgi transferlar vaqtida klubni tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilar qatoriga kiritilgan. Pyanichga ayni paytda PSJ, “Chelsi” va “Yuventus”dan qiziqish borligi aytilmoqda.
“Barselona” mutasaddilari esa uning o‘rniga “Inter” yarim himoyachisi Martselo Brozovichni olib kelishni rejalashtiryapti. 28 yoshli yarim himoyachining milanliklar bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanadi.
Hozircha, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha bir to‘xtamga kelgani yo‘q va uni qo‘lga kiritish ortiqcha muammo bo‘lmaydi.
Fikrlar