
“Barsa” ustozi Anchelottining “Real”dan ketishi mumkinligiga munosabat bildirdi
Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” ustozi Xans-Diter Flik asosiy raqobatchisi – “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti atrofida yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi.
Gap shundaki, “Real” rahbariyati italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottini iste’foga chiqarish ehtimoli oshib bormoqda.
- Karlo Anchelotti bilan yuz berayotgan voqealarni kuzatish yoqimsiz holat. Bu mutaxassis “Real” bilan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan.
Men Karlo Anchelottini juda qattiq hurmat qilaman, - dedi kataloniyaliklarning germaniyalik bosh murabbiyi jurnalistlarga.
65 yoshli Anchelotti “Real”ni 2021 yil beri boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsum jamoa Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan edi. Garchi Anchelottining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, klub xo‘jayinlari uning bu yilgi ishidan qoniqmayapti.
Fikrlar