
“Barsa” va “Atletiko” kelisholmay qoldi
“Barselona” va “Atletiko” o‘zlariga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilar – Antuan Grizmann va Saul Nigesni o‘zaro almashtirish borasida ish olib borayotgan edi.
Aslida har ikki futbolchi bu transferga rozi. Antuan Grizmann “Barselona”da qolish yoki “Atletiko”ga qaytish variantlariga ko‘ngan. Saul Niges ham Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga rozi. Bundan tashqari, madridliklarning ishonchi so‘nib borayotgan yarim himoyachi oldida Angliya klublaridan taklif ham turibdi.
Transfelar summasi borasida frantsiyalik hujumchining narxi ancha baland. Aynan mana shu masala rokirovkaning amalga oshishiga to‘sqinlik qilmoqda. Garchi futbolchilar taqdirga tan bergan bo‘lsa-da, klub xo‘jayinlari o‘zaro kelisha olmayapti.
Fikrlar