
"Barsa" va "Yuve" bir mavsumda 40 ta gol urgan vunderkind uchun kurashadi
"Gerta" klubining 18 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Lazar Samarjich Evropa top jamoalari e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. Joriy mavsumda katta futbolda debyut qilishga ulgurgan xavbek o‘rinbosarlar tarkibida 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, xuddi shuncha gol va 14 ta assistni amalga oshirgan.
Germaniya yoshlar terma jamoasi a’zosi hisoblangan Lazarni "Barselona" va "Yuventus"dan tashqari, "Manchester Siti", "Chelsi", "Atletiko", "Milan" kabi klublar o‘z safida ko‘rishni xohlaydi.
Fikrlar