“Barsa” “Valensiya”ning ishongan futbolchisini tortib olmoqda

  • 19 iyun, 2020, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Valensiya” o‘zi tarbiyalayotgan himoyachi Ugo Gilyamondan quruq qoladigan bo‘ldi. Hozircha yoshlar jamoasida to‘p surayotgan 20 yoshli futbolchi “Barselona” e’tiboriga tushdi.

Tecno

Kataloniyaliklar iste’dod egasini qo‘ldan chiqarmaslik uchun darrov uning agenti bilan muzokaralarga kirishdi.

Gilyamon bu yil asosiy jamoa tarkibida uchta uchrashuvda qatnashdi. Uning o‘yini mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Futbolchining amaldagi shartnomasi bir necha kundan keyin yakuniga etadi va “Barselona” uni mutlaqo bepul qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!