“Barsa” Xolanddan yuz o‘girganining haqiqiy sababi oshkor bo‘ldi

  • 6 may, 2022, 08:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbriyati yozgi transferlar vaqtida “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan edi.

Tecno

Keyinchalik kataloniyaliklar Norvegiya terma jamoasi hujumchisi uchun kurashdan chiqdi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” 21 yoshli hujumchini olish fikridan qaytishiga o‘yinchining ko‘p jarohat olayotgani emas, balki xulqi sabab bo‘lgan.

Manbalarning ma’lum qilishicha, Erling Xoland tungi bazmlarni va ko‘ngilxushliklarni juda xush ko‘radi. “Barsa” rahbariyati bunday hayot tarzi Erlingning o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, deb baholagan va uni olish rejasidan voz kechgan.

Ayni paytda iste’dodli to‘purarga asosiy da’vogar sifatida “Manchester Siti” e’tirof  etilmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!